Z
ZiyoKonsult

Orzuyingizdagi
universitetni toping

O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari, yo'nalishlar va narxlar bir joyda. Taqqoslang va o'zingizga eng mosini tanlang.

Mashhur universitetlar

Barchasi →
TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI

TOSHKENT GUMANITAR FANLAR UNIVERSITETI

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Toshkent

UNIVERSITET HAQIDA MA'LUMOT: U O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitetimiz talabalar ta’lim toifalari akademik ta’lim va akademik bo’lmagan ta’limni o‘z ichiga oladi. Akademik ta’lim bakalavriat va magistraturalarni o‘z ichiga oladi; akademik bo‘lmagan ta’limga ingliz, xitoy, koreys, rus tillari kurslari, turli qisqa muddatli o‘quv kurslari kiradi. To‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishlari uchun tayanch o‘quv muddati 4 yil. Oddiy magistraturada o‘qishning asosiy muddati 2 yil. Hozirda boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, tilshunoslik va chet tillarini o‘qitish, buxgalteriya hisobi va audit, turizm menejmenti, iqtisodiyotni boshqarish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya, axborot tizimlari va texnologiyalari, logistika, marketing kabi 28 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud. Universitetda hozirda ingliz, xitoy, rus, arab, koreys, nemis, ispan, fransuz va boshqa xorijiy tillar o‘qitilmoqda. Kelgusida alohida ingliz tili, xitoy tili filologiyasi hamda tarjimonlik fakultetlari ochish rejalashtirilgan. Toshkent gumanitar fanlar universiteti mutaxassisliklar bo‘yicha afzalliklari va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kadrlar tayyorlashga bo‘lgan muttasil o‘sib borayotgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda chet el oliy o‘quv yurtlari bilan “milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, resurslardan umumiy foydalanish, bir-birini to‘ldiruvchi afzalliklar, o‘zaro manfaatli hamkorlik va birgalikda rivojlanish” tamoyillariga tayanib hamda xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha boshqaruv qoidalariga muvofiq o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. TGFU “tinchlik va hamkorlik, ochiqlik va bag‘rikenglik, oʻzaro o‘qib-o‘rganish, o‘zaro manfaatdorlik” asosida oliy ta’limni internatsionallashtirishga ko‘maklashish, ichki va xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, birgalikda malakali kadrlar tayyorlash va ijtimoiy, iqtisod va boshqaruv sohalarida bakalavriat yo‘nalishida talabalarni o‘qitish uchun ta’lim tizimini yaratish maqsadida hamkorlik platformasini yaratmoqda. Universitetimiz talabalari nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham tahsil olish imkoniyatiga ega. Xususan, bakalavriat bosqichida tahsil oladigan talabalar ikkinchi kursdan keyin grant asosida chet elga o‘qishga yuboriladi. Ular o‘qishni Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Italiya va yana boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda davom ettirishlari mumkin. Toshkent gumanitar fanlar universiteti ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Har yili iqtidorli talabalarni xorijdagi hamkor universitetlarga grant asosida o‘qishga yuboradi. Har bir abituriyent universitetimizdagi o‘zi qiziqqan yo‘nalishni tanlab, qulay va zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega. Ular o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishadilar. Toshkent gumanitar fanlar universitetida ayni paytda 5000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. 80 dan ortiq o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat yuritadi. Universitetning maʼmuriy binosi Toshkentda joylashgan, Toʻrtko‘l hamda Samarqand kampuslari mavjud. Universitet qoshida ta’limni rivojlantirish fondi hamda til va madaniyat tadqiqot markazlarini ham ochilgan. Undan tashqari, universitetimizda xitoy, koreys, ingliz va rus tili tayyorlov kurslari ham bor. Ta’limni rivojlantirish fondini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet o‘qituvchilari va talabalarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, pedagog va talabalarning ilmiy hamda ijodiy faoliyatlariga ko‘maklashish, darslik-qo‘llanmalar chop etish, stipendiyalar ajratish hamda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va boshqalardan iborat. “Toshkent gumanitar fanlar universiteti Toshkent kampusi” qurilishini boshlash arafasidamiz. Mazkur o‘quv shaharchamiz hududida o‘quv binolari, kutubxona, universitet qoshidagi maktab va bolalar bog‘chasi, stadion, o‘qituvchilar va talabalar yotoqxonalari, oshxonalar, supermarket va boshqa binolar qurilishi rejalashtirilgan. Bizning asosiy maqsadimiz o‘qituvchilar uchun eng yaxshi ish muhitini va talabalar uchun eng yaxshi ta’lim muhitini yaratishdir. Universitet jamoasi yaqin kelajakda universitetning xalqaro nufuzini oshirib, uni jahonning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritishni maqsad qilgan. Talabalar uchun yotoqxona: 2023-yil boshida Toshkent kampusi talabalari uchun ham 500 o‘rinli uch qavatli zamonaviy yotoqxona qurib foydalanishga topshirildi. Yotoqxonada talabalarning yashashlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Keng, yorug‘ va shinam xonalarda talabalar o‘zlarini xuddi o‘z uylaridagidek his qilishadi. Aloqa uchunHar bir qavatda alohida oshxonalar, yuvinish va kiyim yuvish xonalari mavjud. Shuningdek, talabalarning dars qilishlari va kitob o‘qishlari uchun ham maxsus ma’naviyat xonasi ham bor. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy maishiy texnikalar bilan ham to‘liq jihozlangan. Jumladan, har bir xonada karavotlardan tashqari, konditsioner, 2-3 dona shkaf, stol-stullar mavjud. Har bir qavatda alohida oshxona bo‘lib, unda muzlatgich, 4 donadan tokpechkalar, elektr choynaklar, mikroto‘lqinli pechlar ham bor. Har bir qavatdagi yuvinish xonalariga kir yuvish mashinalari ham o‘rnatilgan. Turarjoy masalasi aksariyat talabalar va ularning ota-onalarini o‘ylantiradigan, tashvishga soladigan jiddiy muammolardandir, buning ustiga, xonadon ijara haqining muttasil oshib borishi albatta hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ko‘pchilikka og‘irlik qiladi. Toshkent gumanitar fanlar universiteti shu kabi holatlarni inobatga olib talabalar uchun yotoqxona qurdi. Ayni paytda universitetimizning har bir kampusi oʻzining yotoqxonalariga ega. To‘rtko‘l kampusida 3 qavatli 220 o‘rinli yotoqxona binosi mavjud. Samarqand kampusi o‘quv binosi bilan birga talabalar turarjoyi ham qurilishi rejalashtirilgan. Toshkent gumanitar fanlar universiteti koʻplab chet el oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.Shuningdek, ushbu universitetlarga talabalarni grant asosida har yili o’qishga yuboramiz. Chang’an University Nanjing Normal University Nanchang University Sejong University Казанский федеральный университет Северо-Кавказский горно‑металлургический институт (SKGMI) Ленинградский государственный университет имени А. С. Пушкина Abituriyentlar uchun: 1.Sayohat Har 10-15 kunda yaxshi oʻqigan talabalar universitet tomonidan tog‘ va dam olish maskanlariga sayohatga yuboriladi. 2.Grant Grant asosida hamkor xorijiy mamlakatlarda oʻqish imkoni mavjud. 3.Futbol chempionati Futbol chempionati bahslari boʻlib oʻtadi. Bunda har haftaning yakshanba kunlari jamoaviy oʻyinlar tashkil etiladi. 4.Zakovat Universitetdagi 5 ta yoʻnalish boʻyicha Zakovat intellektual oʻyini oʻtkaziladi. G‘olib boʻlgan jamoalar taqdirlanadi. 5.Onlayn taʼlim Onlayn taʼlim shakli ham mavjud. Xitoy, Malayziya, Rossiya Italiya, Singapur va Koreya davlatlari universitetining 5 yoʻnalish boʻyicha mutaxassislari jalb etilgan Universitetning sirtqi taʼlim shakli ishlaydigan va farzandi bor talabalar uchun har tomonlama qulay. 6.Malaka oshirishga yuboriladi. Bir yilda bir marta grant asosida 50 nafar talabalar chet elga malaka oshirishga yuboriladi. Nafaqat malaka oshirish balki, sayohat qilish ham mumkin

Yillik narx

8–17 mln so'm

24 yo'nalish
SARBON UNIVERSITETI

SARBON UNIVERSITETI

Toshkent

🎓Sarbon Universiteti — Oʻzbekistondagi nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, talabalarni zamonaviy va amaliy bilimlar asosida tayyorlashni maqsad qilgan. Universitet O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori asosida tashkil etilgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Sarbon Universiteti 2024-yilda tashkil etilgan, xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetning asosiy kampusi Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan. Sarbon universiteti xalqaro standartlar asosida, xorijiy ta'lim muassasalari tajribasiga tayangan holda faoliyat yuritadi. Ta'lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib borilib, mashg'ulotlar yuqori malakali professor-o'qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar va ilg'or o'quv materiallari asosida o'tiladi. Universitet xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun ikki diplomli ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish va ularga xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda o'qish imkoniyatlarini yaratish maqsadida faoliyat yuritadi.

Yillik narx

11–25 mln so'm

34 yo'nalish
FARMATSEVTIKA TA'LIM VA TADQIQOT INSTITUTI

FARMATSEVTIKA TA'LIM VA TADQIQOT INSTITUTI

Toshkent

FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI haqdia: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan. Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar. Institut talabalari amaliyotlarini akkreditatsiyalangan innovatsion markazlar, tahlil laboratoriyalari, hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmatsevtik korxonalar va dorixona muassasalarida o‘tashlari, ilm-fan-ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlanishi orqali zarur bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Intitut grantlari : Intitut talabalar uchun grantlar ajratadi va bu yil 15 ta grant mavjud. Institutga kirish talablari : Tegishli yo'nalishlarda kirish imtihonlarida qatnashib o'tish ballari olish Yotoqxona : Intitutda yotoqxona mavjud. Institut tominidan chegirmalar : Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun intitut tomonidan chegirmalar mavjud va chegirmalar o'qishda va jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarga beriladi. Xalqaro hamkorlik: 2+2 Janubiy Qozog’izton Tibbiyot akademiyasi bilan tuzilgan memarandum, Akademik mobillik asosida Xitoy Respublikasi Kunmin tibbiyot Universiteti bilan tuzilgan memarandumlari mavjud. FTTI rahbariyati dastlab institutda 1-6 oylik malaka oshirish dasturlari bo‘yicha hamkorlikni boshlashini, kelgusida esa bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni davom ettirishini bildirdi. Tomonlar bakalavrni 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil Xitoyda tahsil olish sistemasini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borishdi. Erishilgan kelishuvlar ikki tomon uchun ham birdek ahamiyatli va manfaatliligi bir ovozdan e’tirof etildi. Suhbat yakunida Xitoy Farmatsevtika universiteti va Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti o‘rtasida yaqin vaqt ichida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar. Institutda ta’lim jarayoni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda xorijdan mutaxassislarni jalb etilgan holda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi. FTTIda tahsil olgan bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida, nazorat tahlil laboratoriyalarida, sud-kimyo ekspertizasi laboratoriyalarida va boshqa farmatsevtika sohasidagi muassasalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: Farmatsiya (turlari bo‘yicha) — 5 yil; Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) — 4 yil. Davolash ishi - 6 yil Tibbiy profilaktika ishi - 5 yil Xujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.

Yillik narx

26–33 mln so'm

4 yo'nalish